Britaniyaliklar Toshkentda ko'p qavatli uylar qurmoqchi

Biznes

O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov Britaniyaning "DFA" kompaniyasi direktori Jeyms Dauen bilan uchrashuv o'tkazdi. Unda Britaniya kompaniyasi Yangi Toshkent shahrida barpo etiladigan obyektlarni loyihalashda ishtirok etishga qiziqish bildirdi.

Britaniyaliklar Toshkentda ko'p qavatli uylar qurmoqchi
Jeyms Dauen O'zbekistonda qurilish va me'morchilik sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni e'tirof etdi. Shuningdek, "DFA" kompaniyasi respublikadagi manfaatdor idora va korxonalar bilan hamkorliklarni yo'lga qo'yishga tayyorligini bildirdi.

Muzokara davomida Yangi Toshkent shahrida barpo etilishi rejalashtirilayotgan obyektlarning arxitektura-qurilish loyihalarini "DFA" kompaniyasi mutaxassislari ishtirokida ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida "DFA" kompaniyasi va O'zbekistonning manfaatdor idora hamda tashkilotlari o'rtasida aloqalarni o'rnatish to'g'risida kelishib olindi.

"DFA" kompaniyasi yirik, murakkab va zamonaviy arxitektura loyihalari bo'yicha o'z xizmatlarini taqdim etadi. Muassasa Londonda ta'sis etilgan. Hozirgi kunga qadar kompaniya tomonidan jahonning ko'plab mamlakatlarida yirik loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilgan, deb xabar bermoqda Dunyo AA.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing