Bu yildan ilk bor chetdan olib kelingan chigitni ekishga ruxsat berildi

O'zbekiston

Prezident raisligida agrar sohadagi ustuvor vazifalar va rejalarga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan yig‘ilishda bu haqda ma’lum qilindi.

Bu yildan ilk bor chetdan olib kelingan chigitni ekishga ruxsat berildi
Davlat rahbari shu paytgacha Paxtachilik kengashi, Karantin agentligi, viloyat hokimlari bir to‘xtamga kelib, qayerdan, qanday navli urug‘ olib kelib, qayerga ekishni hal qilmaganini ko‘rsatib o‘tdi.

Shu munosabat bilan bir oy muddatda xorijdan 3 ming tonna urug‘lik chigitni olib kelish topshirdi. Umuman, joriy yilda 100 ming gektarda yuqori hosildor xorijiy paxta navlarini ekish muhimligi ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing