Bugun oilamiz uchun yana bir quvonchli va unutilmas kun!

O'zbekiston

Yangi o‘quv yili har bir oila hayotiga yangi umidlar, yangi maqsadlar va katta orzular bilan kirib keladi. Farzandlarimiz hayotidagi har bir yangi bosqich esa nafaqat ular, balki biz — ota-onalar uchun ham unutilmas va hayajonli voqeadir.

Bugun oilamiz uchun yana bir quvonchli va unutilmas kun!
Bugungi kunda bolaga shunchaki bilim berishning o‘zi yetarli emas. Uning dunyoqarashini shakllantirish, qobiliyatlarini rivojlantirish va zamonaviy bilim hamda zarur ko‘nikmalarni egallashi uchun munosib ta’lim muhitini yaratish ham nihoyatda muhimdir.

Ta’lim maskanidagi muhit, pedagoglarning e’tibori va professional yondashuvi, zamonaviy imkoniyatlar hamda har bir bolaning barkamol va har tomonlama rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar alohida ahamiyatga ega.

Aynan shu sababli oilamiz uchun Interhouse Lyceum bilan birga bir necha yildan buyon bosib o‘tayotgan ta’lim yo‘li ayniqsa qadrli.

Barcha o‘quvchilarga bilim olishga bo‘lgan chinakam qiziqish va yangi yutuqlarga intilish, ustozlarga kuch-g‘ayrat, ilhom va sabr-toqat, ota-onalarga esa farzandlarining muvaffaqiyatlaridan baxt va faxr tuyg‘usini tilaymiz.

Yangi o‘quv yili barchamizga yangi bilimlar, yangi imkoniyatlar va yangi zafarlar olib kelsin!

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing