Bugun O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
O'zbekiston
Bugun, 18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.
Bundan 32 yil avval 18-noyabrda mamlakatimizda “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Hujjatda davlat bayrog‘i davlat suvereniteti ramzi ekanligi belgilab qo‘yilgan. Bugun esa u nafaqat davlatning, balki butun O‘zbekiston xalqining ramzidir.
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i nafaqat yurtimizda, balki uning chegaralaridan tashqarida ham haqli ravishda hurmat qozondi. Bayrog’imiz BMT binosi oldidagi mustaqil davlatlarning davlat bayroqlari galereyasida g‘urur bilan hilpiraydi. U nufuzli xalqaro tuzilmalar ishtirokida o‘tkaziladigan tantanali va muhim tadbirlarda ko‘plab boshqa bayroqlar qatorida o‘zining sharafli o‘rnini egallaydi.
Bayrog'imiz O'zbekiston xalqining g'ururi, sha'ni va tinchligini aks ettiradi.
Bright Uzbekistan yurtimiz aholisini bayram bilan tabriklaydi!

Powered by Froala Editor