Bugun Samarqandda shaxmat boʻyicha jahon chempionati start oladi

Sport

Turnir 30-dekabr kuniga qadar davom etadi. Uning umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million dollarga teng.

Bugun Samarqandda shaxmat boʻyicha jahon chempionati start oladi
Bugun Samarqand shahrida shaxmatning blits va rapid yo‘nalishlari bo‘yicha VI jahon chempionati boshlanadi.

Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 1 million dollarga teng.

VI jahon chempionatida dunyo reytingida yuqori o‘rinlarda turgan grossmeysterlar Magnus Karlsen, Nodirbek Abdusattarov, Daniil Dubov, Gukesh Dommaradju, Vinsent Kaymer, Shaxriyar Mamedyarov, Yan-Kshishtov Duda, Yu Yan’i, Maksim Vashye-Lagrav, Levon Aronyanlarning ishtirok etadi.

Chempionat 30-dekabr kuniga qadar davom etadi.

25-dekabr kuni Samarqand shahrida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha Jahon chempionatining ochilish marosimi bo‘lib o‘tgandi.

Marosimda Jahon chempionatida ishtirok etish uchun kelgan jahonning 1-raqamli shaxmatchisi norvegiyalik Magnus Karlsenga o'zbekona chopon kiydirildi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing