Rutte “NATO 3.0”ni — alyansning bir avloddagi eng yirik transformatsiyasini e’lon qildi
Dunyo
NATO Bosh kotibi Mark Rutte alyansning “NATO 3.0” konsepsiyasiga o‘tishi so‘nggi bir avloddagi eng yirik transformatsiya bo‘lishini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi model Yevropadagi ittifoqchilar va Kanadaning umumiy xavfsizlikni ta’minlashdagi rolini yanada kuchaytirishni nazarda tutadi.
“Bu, mohiyatan, xavfsizligimizni yanada yaxshi tomonga qayta muvozanatlashdir. Kuchliroq NATO tarkibidagi kuchliroq Yevropa”, — dedi Rutte Britaniyaning Ditchley Foundation jamg‘armasi tadbirida. NATO ham yangi yondashuv Yevropa davlatlari va Kanadaning alyans xavfsizligiga hissasini oshirishni nazarda tutishini bildirgan.
Rutte modernizatsiya xavfsizlik sohasidagi yukni qayta taqsimlash bilan bog‘liq murakkab qarorlarni talab qilishini ta’kidladi. U Yevropadagi ittifoqchilar va Kanadani mudofaa xarajatlarini oshirish, qurol-yarog‘ ishlab chiqarishni kengaytirish hamda NATO xavfsizligiga o‘z hissasini kuchaytirishga chaqirdi.
Bosh kotib uzoq masofaga mo‘ljallangan yuqori aniqlikdagi qurollar va havo mudofaasi tizimlariga investitsiyalarni ko‘paytirish zarurligini ham qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, alyans yangi sur’atni barqaror transformatsiyaga yo‘naltirishi kerak.
Iyul oyida Anqarada o‘tkazilgan NATO sammitida alyans yangi qurol-yarog‘ xaridlariga $50 milliarddan ortiq mablag‘ yo‘naltirilishini e’lon qilgan. Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, NATO mamlakatlari 2035 yilgacha mudofaa xarajatlarini YaIMning 5 foizigacha oshirishni rejalashtirmoqda. Rutte hozirda NATOning Yevropa mamlakatlari va Kanada mudofaaga YaIMning qariyb 4 foizini sarflayotganini aytdi.
Rutte avvalroq “NATO 3.0”ni alyansning Yevropa tarkibini kuchaytirishga qaratilgan yondashuv sifatida ta’riflagan. Unga ko‘ra, Yevropa ittifoqchilari va Kanada xavfsizlik uchun ko‘proq mablag‘ sarflashi, ko‘proq ishlab chiqarishi va ko‘proq ish qilishi kerak.

Powered by Froala Editor