Buyuk Britaniya qiroli Charlz III taxtdan voz kechmoqchi

Dunyo

Charlz III yaqin 10 yil ichida taxtdan toʻngʻich oʻgʻli shahzoda Uilyam foydasiga voz kechishni rejalashtirmoqda, deydi sobiq qirollik boshqaruvchisi Pol Barrel.

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III taxtdan voz kechmoqchi
Barrell “New York Post” gazetasiga bergan intervyusida Charlz III taxtga o'tirish vaqtida taxtdan voz kechish haqida o'ylayotgani haqida hech qanday alomat bo’lmaganini, ammo hukmronligining sakkiz oyi davomida uning sog'lig'i yomonlashganini ta'kidladi. Daniya qirolichasi Margrete II 2023-yil dekabrida o’z hukmronligini yakunlagani ham uning taxtdan voz kechish istagini kuchaytirdi. Barrelning so‘zlariga ko‘ra, Britaniya qiroli yaqin kelajakda o‘z islohotlarining kamida bir qismini amalga oshirishni, keyin esa nafaqaga chiqishni rejalashtirmoqda.

"U o'n yil davomida qattiq mehnat qiladi va keyin nafaqaga chiqish va o'g'lining ravnaqini kuzatish vaqti keldi, deydi. Mamlakat yangi yosh qirol va qirolichani kutib oladi va Diananing o'g'li qirol bo'lgach, bu jarayon yakunlanadi", — dedi Barrel.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing