Buyuk Britaniyalik Konnor Bentli erkaklar o‘rtasidagi Triatlon bo‘yicha Jahon kubogi Samarqand-2024 musobaqasida g‘olib chiqdi

Sport

Samarqandda oʻtkazilayotgan “World Triathlon Cup Samarkand-2024” musobaqasining erkaklar bahsida dunyoning 40 dan ziyod davlatidan sportchi gʻoliblik uchun bellashdi.

Buyuk Britaniyalik Konnor Bentli erkaklar o‘rtasidagi Triatlon bo‘yicha Jahon kubogi Samarqand-2024 musobaqasida g‘olib chiqdi
Bu haqda Samarqand viloyati hokimligining matbuto xizmati ma’lum qildi.

Musobaqa yakuniga koʻra, Buyuk britaniya vakili Konnor Bentli birinchi, fransiyalik Yanis Siguin ikkinchi, germaniyalik Yonas Shomburg uchinchi oʻrinni egalladi.

Eslatib o’tamiz, 18–19-may kunlari Samarqand triatlon va para-triatlon bo‘yicha Jahon kubogiga mezbonlik qilmoqda. Musobaqada jahon elitasidagi 100 nafar kuchli atlet ishtirok etmoqda. Ular orasida Olimpiya o‘yinlari va jahon chempionatining g‘olib va sovrindorlarini uchratish mumkin. Dasturga ko‘ra, bahslar Olimpiya masofasida o‘tib, sportchilar 1.5 km suzish, 40 km velopoyga va 10 km yugurish bo‘yicha raqobatlashadilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing