Centrum Air Toshkentdan Shri-Lankaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi
O'zbekiston
Centrum Air aviakompaniyasi 2026-yil 28-oktabrdan Toshkentdan Shri-Lankaning janubidagi Mattala Rajapaksa xalqaro aeroportiga muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi. Parvozlar 2027-yil mart oyi oxirigacha haftasiga ikki marta — chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Reyslarga Airbus A320 oilasiga mansub samolyotlar jalb etiladi. Chiptalar narxi 4,3 mln so‘mdan boshlanadi.
Yangi yo‘nalish Toshkentni Shri-Lankaning janubidagi Hambantota shahri bilan bog‘laydi. Parvozlar mamlakat janubiy sohilida iliq ob-havo hukm suradigan, plyajda dam olish va serfing bilan shug‘ullanish uchun qulay mavsumga to‘g‘ri keladi.
Hambantota yaqinida Yala milliy bog‘i joylashgan bo‘lib, u yerda leopard va fillarni tabiiy muhitda kuzatish mumkin. Mirissa sohillarida ko‘k kitlarni tomosha qilish imkoniyati mavjud. Sayyohlar qadimiy ibodatxonalar va orolning choy plantatsiyalariga ham tashrif buyurishlari mumkin.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlar qishki sayyohlik mavsumida O‘zbekistondan Shri-Lankaning janubiga parvoz qilish imkonini beradi.
Chiptalar allaqachon centrum-air.com sayti va Centrum Air mobil ilovasida sotuvda. Ilova orqali tarifga 5 foiz chegirma taqdim etiladi. Ilova App Store va Google Play platformalarida mavjud.

Powered by Froala Editor