ChatGPT: Sun’iy intellekt endi she’riyatda ham ustunlik qilmoqda

Texnologiya

ChatGPT sun’iy intellekti yaratgan she’rlar ko‘plab o‘quvchilarda kuchli taassurot qoldirdi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, insonlar sun’iy intellekt tomonidan yozilgan she’rlarni inson ijodidan kam emas deb baholamoqda va hatto ayrim hollarda ulardan yuqori qo‘yishmoqda.

ChatGPT: Sun’iy intellekt endi she’riyatda ham ustunlik qilmoqda
Pittsburd universiteti tadqiqotchisi Brayan Porter boshchiligidagi jamoa ChatGPT 3.5 modelining she’riyatdagi imkoniyatlarini tekshirish maqsadida tadqiqot o‘tkazdi. Unda 1634 ko‘ngilli ishtirok etib, taniqli shoirlar va sun’iy intellekt tomonidan yozilgan jami 10 ta she’rni baholashdi. Ularning vazifasi har bir she’rni kim yozganini aniqlash edi.

Tadqiqot natijasida, ko‘plab ishtirokchilar sun’iy intellekt yaratgan she’rlarni inson qalamiga mansub deb o‘ylashgani ma’lum bo‘ldi. Eng past "insoniylik" darajasi berilgan beshta she’rning barchasi mashhur shoirlarning asarlari bo‘lsa, sun’iy intellektning to‘rtta she’ri eng yuqori baholarga ega bo‘ldi.

Ikkinchi bosqichda 696 ishtirokchi she’rlarni o‘qish qulayligi va mazmunni tushunish darajasi bo‘yicha baholadi. Sun’iy intellektning she’rlari yuqori baholarga sazovor bo‘ldi, chunki ular oddiy va oson tushunarli edi.

Bu natijalar sun’iy intellekt ijodiyoti yangi imkoniyatlarni ochishi mumkinligini ko‘rsatadi. Endilikda she’riyat kabi murakkab sohalarda ham texnologiyalarning roli oshib bormoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing