Chegarasiz kelajak: Mask robotlar davrini bashorat qildi

Texnologiya

Dunyoning eng boy insoni, Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask ilk bor Davosda bo‘lib o‘tayotgan Jahon iqtisodiy forumida nutq so‘zlab, texnologiyalar va insoniyat kelajagi haqidagi keskin bashoratlarini bildirdi.

Chegarasiz kelajak: Mask robotlar davrini bashorat qildi
Maskning aytishicha, sun’iy intellekt va robototexnika mislsiz iqtisodiy o‘sishga olib keladi. U kelajakda robotlar soni odamlar sonidan oshishini va AI inson ehtiyojlarini to‘liq qondira olishini ta’kidladi.

Uning prognoziga ko‘ra, 2026 yil oxiriga kelib sun’iy intellekt har qanday alohida insondan aqlliroq bo‘ladi, taxminan besh yil ichida esa butun insoniyatning umumiy intellektidan ustun keladi.

Amaliy rejalar haqida gapirar ekan, Mask Tesla’ning Optimus robotlari yil oxirigacha zavodlarda oddiy vazifalarni bajarishni boshlashini, keyingi 12 oy ichida esa murakkab sanoat ishlariga ham tayyor bo‘lishini ma’lum qildi.

Shuningdek, u Tesla bir nechta AQSh shaharlarida robotaksi xizmatlarini ishga tushirganini va yil oxirigacha ularni butun mamlakat bo‘ylab kengaytirishni rejalashtirayotganini aytdi. Yevropada esa bunday avtomobillarga ruxsat olish yaqin vaqt ichida kutilmoqda.

Mask inson umrining uzayishi masalasiga ham to‘xtalib, qarish “hal qilinadigan muammo” ekanini bildirdi va uning sabablari aniqlangach, jarayon aniq va tushunarli bo‘lishini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing