Isroil Kaja Kallas bilan bevosita aloqalarni töxtatdi: qaror şaxsiy xususiyatga ega

Dunyo

Isroil iyun oyidan beri Yevropa Ittifoqining taşqi siyosat böyiça oliy vakili Kaja Kallas bilan bevosita aloqalarni davom ettirmayapti. Bu qaror faqat Kallasga taalluqli bölib, YI vakillari, institutlari va a’zo davlatlari bilan hamkorlikka ta’sir qilmaydi, deb yozadi Politico Isroil taşqi işlar vaziri Gideon Saar vakiliga tayanib.

Isroil Kaja Kallas bilan bevosita aloqalarni töxtatdi: qaror şaxsiy xususiyatga ega
Isroil TIV vakili Mixal Maayan aloqalarni töxtatiş qarori öz kuçida qolayotganini va faqat Kallasga tegişli ekanini tasdiqlagan. Isroil Yevropa Ittifoqi institutlari va a’zo davlatlari bilan muloqotni davom ettirmoqda. Saar, Yevropa mamlakatlari taşqi işlar vazirlari va YI ning boşqa mansabdor şaxslari bilan işçi aloqalarni saqlab qolgan.

Kelişmovçilik iyun oyida Kallas Isroilning Ğarbiy Sohil va Ğazo sektoridagi falastinliklarga munosabatini Janubiy Afrikadagi aparteid tuzumi bilan qiyoslagani haqidagi xabarlar ortidan boşlangan. Bu fikrlar may oyida Meksikaga safari çoğida aytilgani xabar qilingan. Öşa paytda Saar Kallas bu gaplardan voz keçmaguniça u bilan barça aloqalarni töxtatişini bildirgan. Kallas esa bu ta’rifni na tasdiqladi, na inkor etdi; u Isroil bilan muloqot va konstruktiv munosabatlar tarafdori ekanini aytdi.

Politico iqtibos keltirgan YI diplomatlaridan biri Tel-Avivning Kallas bilan bevosita muloqot qilmasligini muammo deb baholagan. Uning fikriça, Isroil bilan aloqa bölmasa, Ğazo bilan boğliq masalalarni hal etib bölmaydi.

Nashr Yevropa Ittifoqi içidagi idoralararo kelişmovçiliklarga ham e’tibor qaratadi. Kallasning Isroil bilan bevosita aloqalari çeklangan bir paytda, Yevropa komissiyasining roli sezilarliroq bölmoqda. Bu esa Komissiya va Yevropa taşqi aloqalar xizmati örtasida vakolatlar qanday taqsimlanişi, xalqaro maydonda YI nomidan kim iştirok etiıshi kerakligi haqidagi bahslarni kuçaytirmoqda.

Politico suhbatdoşlari Isroil bilan diplomatik aloqa butunlay uzilmaganini ta’kidlaydi: boşqa darajalarda hamkorlik davom etmoqda. Demak, gap Isroilning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarini uzişi haqida emas, balki Kallasga nisbatan şaxsiy boykot haqida bormoqda.


Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing