Chempionlar ligasi finali Istanbulga 75 mln yevro foyda olib keladi

Sport

Joriy yilning 10-iyun kuni Istanbuldagi Otaturk stadionida boʻlib oʻtadigan UEFA Chempionlar Ligasi finali Turkiya metropoliga 75 million yevrolik iqtisodiy foyda keltiradi. Bu haqda “Anadolu” xabar berdi

Chempionlar ligasi finali Istanbulga 75 mln yevro foyda olib keladi
“Bu yil Chempionlar ligasi finali Istanbulda bo'lib o'tadi. Turkiyaning 2022-yilda turizmdan tushgan daromadi 44 milliard yevroni tashkil etdi, uning 40 foizi Istanbuldan kelgan. Bu ma’lumotlarni hisobga olsak, final o‘yini Istanbulga 75 million yevro foyda keltirishini taxmin qilish mumkin”, dedi Chempionlar ligasining bosh homiysi hisoblangan “Mastercard”ning Turkiya va Ozarbayjon bo‘yicha bosh direktori Avshar Gurdal.

Turkiyaning Garanti BBVA kompaniyasi bosh direktori o‘rinbosari Murat Chagry Suzer, muxlislar muhim o‘yinlar vaqtida sport yodgorliklariga ko‘proq pul sarflashni boshlaganini aytdi.

“Masalan, o'yinlar arafasida muxlislar sevimli jamoalari do'konlaridan taxminan 3,5 baravar ko'proq xaridni amalga oshirishadi. Qolaversa, o‘yin kunlarida restoranlarda jami xarajatlar 23 foizga oshadi”, dedi u.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing