CNN: G'azodagi olti oylik urushdan so'ng Isroilning na chiqish strategiyasi, na kelajak uchun aniq rejasi bor
Dunyo
G'azoda olti oylik to'qnashuvdan so'ng, qurbonlar soni ortib borayotgani sababli Isroil ittifoqchilarining sabri sinalmoqda. Aniq-ravshanki, Isroilning na vaziyatdan chiqish strategiyasi, na kelajak uchun aniq rejasi bor. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Dahshatli gumanitar oqibatlarga qaramay, Isroil G'azoda XAMAS’ni ta'qib qilishda davom etib, jahon sahnasida tobora yakkalanib qolmoqda, hukumat har tomondan bosimga duchor bo'lmoqda.
Shu bilan birga, Netanyaxu va uning hukumatiga nisbatan bosim mamlakatning o’zida kuchayib bormoqda, namoyishchilar ko'chalarga qaytib, uning iste'fosini talab qilmoqda.
Biroq mutaxassislarning fikricha, Netanyaxuning bosh vazir sifatidagi potensial vorisi ham xuddi shunday rejalarni taklif qilishi mumkin, chunki dunyo hamjamiyati urush Falastin tinch aholisiga halokatli taʼsir koʻrsatayotgani haqida bot-bot gapirsa ham, isroilliklarning aksariyati Gʻazodagi urushni qoʻllab-quvvatlamoqda.
“G‘azoning kelajagi uchun nafaqat ertaga, balki bugun ham hech qanday tayinli reja yo‘q. Bu urush qachon tugashini, qanday tugashini hech kim bilmaydi”, — deydi Yaqin Sharq institutining Falastin va Isroil-Falastin ishlari bo‘yicha dasturi direktori Xaled Elgindi.
Shu bilan birga, urush falastinliklarga katta yo’qotishlar olib keldi: G'azo Sog'liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 7-oktyabrdan beri 33 mingdan ortiq odam, shu jumladan minglab bolalar halok bo'ldi. Bundan tashqari, 75 mingga yaqin kishi jarohat oldi va milliondan ortiq odam ochlik yoqasida qoldi, xalqaro tashkilotlarning fikriga ko'ra, "muqarrar" ochlikka ro’baro' keldi.

Powered by Froala Editor