O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar

Siyosat

3-may kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin telefon orqali muloqot o‘tkazib, ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklik va ittifoqchilikni mustahkamlash borasidagi dolzarb masalalarni muhokama qildilar.

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari amaliy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar
Suhbat chog‘ida Rossiya Prezidentining o‘tgan yil may oyidagi Toshkentga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan kelishuvlar ijrosi muhokama qilindi. Iqtisodiyotning ustuvor yo‘nalishlarida kooperatsiyani kengaytirish va o‘zaro tovar ayirboshlash sur’atini saqlab qolish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

“Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida o‘tkazilgan tadbirlar va hududlararo aloqalarning faollashgani ijobiy baholandi.

Tomonlar madaniyat, fan, sport va turizm kabi yo‘nalishlardagi gumanitar hamkorlikni chuqurlashtirishga, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalarda fikr almashish va bo‘lajak uchrashuvlar rejasini muhokama qilishga kelishib oldilar.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing