O‘zbekiston terma jamoasi CS:GO bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi

Sport

Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan Counter-Strike: Global Offensive (CS:GO) kibersport yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘olib bo’ldi. Bu g'alaba jamoaga jahon chempionati yo'llanmasini taqdim etdi.

O‘zbekiston terma jamoasi CS:GO bo‘yicha Osiyo chempioni bo‘ldi
Saudiya Arabistonida boʻlib oʻtgan Counter-Strike: Global Offensive (CS:GO) kibersport yoʻnalishi musobaqasida Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo chempioni boʻldi, deya xabar qiladi Yoshlar siyosati va Sport Vazirligi matbuot xizmati.

Musobaqada O‘zbekiston sharafini TT.Team (Traffic Tashkent Team) himoya qildi. Grand finalda o‘zbekistonlik sportchilar Mo‘g‘uliston terma jamoasi bilan bellashdi va g‘alaba qozondi. Bu g'alaba jamoaga jahon chempionati yo'llanmasini taqdim etdi.

Ushbu g‘alaba natijasida o‘zbekistonlik esporchilar 7 000 AQSH dollari miqdoridagi mukofot jamg‘armasiga sazovor bo‘ldi.3-o‘rin Indoneziya terma jamoasiga nasib etdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing