O‘zbekiston MMA Jahon chempionatida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi

Sport

Toshkentda ilk bor o‘tkazilgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar aralash jang san’ati bo‘yicha yuqori natijalarga erishib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar. Bu katta muvaffaqiyat mamlakatimiz uchun tarixiy ahamiyat kasb etadi.

O‘zbekiston MMA Jahon chempionatida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
Chempionatda yosh sportchilar 4 ta oltin, 4 ta kumush va 10 ta bronza medali bilan o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. O‘zbekiston jamoasi nafaqat son jihatdan, balki sifat jihatdan ham raqobatchilarini ortda qoldirdi va jahon sahnasida o‘z o‘rnini mustahkamladi.

Musobaqaning eng yirik g‘alabalari orasida Zafarjon Asatov (65.8 kg), Mirjalol Uralov (97 kg), Muzayana Sadriddinova (65.8 kg) va Xurshida Roziqova (79.4 kg) oltin medal bilan taqdirlanishi alohida e’tiborga sazovor. Ularning muvaffaqiyatlari yosh avlod uchun ulkan ilhom manbai bo‘lib xizmat qilmoqda.

Shuningdek, jamoamiz kumush va bronza medallarida ham yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Bu natijalar O‘zbekistonning aralash jang san’ati bo‘yicha xalqaro maydondagi obro‘sini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing