Daniya bosh vaziri Kopengagenda hujumga uchradi

Dunyo

Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen mamlakat poytaxtida hujumga uchradi. Bu haqda CNN Daniya hukumati rahbarining idorasiga tayanib xabar bermoqda.

Daniya bosh vaziri Kopengagenda hujumga uchradi
"Daniya bosh vaziri Mette Frederiksen bugun Kopengagendagi Kultorvet maydonida bir kishi tomonidan hujumga uchradi va kaltaklandi. Mette bu hujumdan tabiiy ravishda dahshatda. Aytishim kerakki, bu unga yaqin bo'lgan barchamiz uchun zarba bo’ldi", — deb yozdi Atrof-muhit vaziri Magnus Xoynike X ijtimoiy tarmog'ida.

Hujumchining ismi sharifi va niyatlari noma'lum.

Ekstra Bladet manbasining xabar berishicha, Frederiksenning ahvoli yaxshi, lekin bu uni qattiq larzaga solgan.

Frederiksen birinchi marta 2019-yilda parlament saylovlaridan so’ng hukumatga boshchilik qildi va Daniya tarixidagi eng yosh bosh vazir bo'ldi (o'sha paytda u 41 yoshda edi). 2022-yilgi navbatdan tashqari saylovlar yakunlari bo'yicha u yana bosh vazir bo'ldi.

May oyida Slovakiya bosh vaziri Robert Fitsoga hujum uyushtirilgan edi. 59 yoshli Fitso Gandlova shahrida bir necha marta o‘q yegan holda og‘ir yaralangandi. U ikkita operatsiyani boshdan kechirdi. Hujum qilgan 71 yoshli yozuvchi Yuray Tsintula qotillikka urinishda ayblanib, hibsga olindi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing