Davlat energetik ehtiyojni subsidiyalash uchun yilda oʻrtacha $1,15 mlrd sarflamoqda
Iqtisodiyot
Energetika sohasining zarar bilan ishlayotgani hisobiga uni davlat byudjetidan subsidiyalash kamomadga olib kelmoqda. Vazirlik agar sohaga bozor qonunlari joriy qilinsa, ertaga bu mablagʻlar tejalishiga ishontirmoqda.
1 kilovatt-soat elektr energiyasining tannarxi 970 soʻm. Aholi har 1 kilovatt-soat uchun 295 soʻm toʻlamoqda. Xuddi shunday, 1 kub metr gaz tannarxi 1 890 soʻm boʻlsa, isteʼmolchi 1 kub metr gaz uchun 390 soʻm sarflamoqda.
Energetika vazirligiga koʻra, sohaning zarar bilan ishlayotgani hisobiga uni davlat byudjetidan subsidiyalash kamomadga olib kelmoqda. Bu esa ijtimoiy sohaga koʻproq mablagʻ yoʻnaltirishga imkon bermayapti. Natijada esa aslida tizimni yangilashga yoʻnaltirish mumkin boʻlgan mablagʻlar faqatgina paydo boʻlgan ushbu tafovutni qoplashga sarflanmoqda.
Qayd etilishicha, agar sohaga bozor qonunlari joriy qilinsa, ertaga bu mablagʻlar tejaladi.
“Natijada tejalgan mablagʻni ijtimoiy sohani rivojlantirishga, yangi maktablar, tibbiyot muassasalarini qurishga, har bir sohada ishlab chiqarishni taraqqiy ettirish uchun zamonaviy texnologiyalarni olib kirishga, qolaversa, energetika tizimini chuqur modernizatsiya qilishga ham sarflash mumkin”, deyiladi xabarda.

Powered by Froala Editor