Davlat ipoteka krediti foizi pasaydi

O'zbekiston

O‘zbekistonda ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi mablag‘lari hisobidan ajratilayotgan ipoteka kredit foizlari pasaytirildi. Bu haqida “O‘zbekiston ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat ipoteka krediti foizi pasaydi
Kompaniya mablag‘lari hisobidan birlamchi bozordan uy-joy sotib olish uchun ajratib kelinayotgan ipoteka krediti foiz stavkasi 2 bandga pasaytirilgan.

Endilikda, ushbu kredit foiz stavkasi – Markaziy bank asosiy stavkasi + 6 foiz qilib belgilandi (avval asosiy stavka + 8 foiz edi). Bugungi kunda bu 19,5 foizga teng bo‘ladi.

Kredit qisqacha shartlari:
muddati – 20 yil;
boshlang‘ich to‘lov – kamida 25 foiz;
kredit foizi – 19,5 foiz; eng ko‘p miqdori:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar uchun – 500 mln so‘m;
Toshkent shahrida – 800 mln so‘m.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing