Davlatimiz rahbari FIFA Prezidentini qabul qildi
O'zbekiston
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-sentabr kuni Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) rahbari Janni Infantinoni qabul qildi.
Suhbat avvalida FIFA Prezidenti Oʻzbekistonning futboldagi yutuqlari hamda mamlakatimizda sportni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan samarali islohotlar natijalarini eʼtirof etdi.
Oʻzbekiston va Ozarbayjonda yirik nufuzli sport tadbiri – 20 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi futbol boʻyicha jahon chempionatini oʻtkazish uchrashuvning asosiy mavzusi boʻldi.
FIFA bilan futbolni ommalashtirish, ayniqsa, yoshlar orasida ushbu sport turiga qiziqishni yanada kuchaytirishga qaratilgan qoʻshma dasturlarni ilgari surish borasida samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Sheriklikni, avvalo, futbolni tashkil etish va boshqarish tizimini transformatsiya qilish, yosh isteʼdodlarni kashf etish va ularning salohiyatini roʻyobga chiqarishga koʻmaklashish hamda murabbiylar, hakamlar, menejerlar, sport shifokorlari va texnik mutaxassislarni xalqaro saviyada tayyorlash yoʻnalishlarida yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekistonda FIFAning yirik turnirlari va tadbirlarini tashkil etish hamda Toshkent shahrida federatsiyaning mintaqaviy vakolatxonasini ochish jarayonini jadallashtirishga alohida eʼtibor qaratildi.

Powered by Froala Editor