Davlatimiz rahbari yoshlar siyosati sohasidagi ishlar sarhisobi bo'yicha yig'ilish o'tkazmoqda
O'zbekiston
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yil 28-iyun kuni yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o’tkazilmoqda. Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni iste’dod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini ta’kidladi.
Yig’ilishda shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berilgani, ta’lim kreditidan 151 ming yoshlar foydalangani, ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratilgani aytib o’tildi. Buning natijasida oliy ta’limda qamrov 9 foizdan 42 foizga, oliygohlar soni esa 77 tadan 212 taga yetdi.
Prezident farzandlarimizni tarbiyalab, o‘qitib, mana shunday yutuqlarga erishishiga sababchi bo‘lgan ota-onalar, ustoz va murabbiylarga chuqur minnatdorlik bildirdi.
Sherzod Asadovning xabar berishicha, Oʻzbekiston rahbari 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini ham topshiradi.

Powered by Froala Editor