Fitso Mertsning Ukrainani moliyalaştiriş böyiça ultimatumini rad etdi

Slovakiya Boş vaziri Robert Fitso mamlakat Ukraina uçun moliyaviy yordam, jumladan harbiy qarzlarni moliyalaştirişda qatnaşmasligini bildirdi. Bu Germaniya kansleri Fridrix Mertsning Yevropa Ittifoqi barça davlatlari Ukraina xarajatlarini birgalikda qoplaşda iştirok etişi kerakligi haqidagi talabiga javoban yangradi. Bratislava Kiyevga gumanitar yordam berişni davom ettiradi.

Fitso Mertsning Ukrainani moliyalaştiriş böyiça ultimatumini rad etdi
«Uruşga va harbiy qarzlarga qat’iy “yöq”. Tinçlikka qat’iy “ha”!», — deb yozdi Fitso X ijtimoiy tarmoğida. Fitso aytişiça, Slovakiya uruşni keyingi moliyalaştirişni emas, tinçlik muzokaralarini qöllab-quvvatlaydi va qurol-yaroğ uçun bir sent ham ajratmaydi. Fitso avval Merts talabini «odatiy şantaj» deb atab, Slovakiya YIda Germaniya bilan bir xil veto huquqiga ega ekanini ta’kidlagan edi.

Bahsga Mertsning Yevropa Kengaşi raisi Antoniu Koştaga yuborgan maktubi sabab böldi. Kansler unda Germaniyaning YI 2028–2034 yillarga möljallangan navbatdagi yetti yillik byudjetini qöllab-quvvatlaşini barça a’zo davlatlarning Ukraina moliyaviy ehtiyojlarini qoplaş majburiyatini olişi bilan boğladi. Maktubga köra, 2027 yilda Ukraina moliyalaştirişidagi taqçillik qariyb 70 milliard yevroni taşkil etadi. Uning qariyb 45 milliard yevrosi YI zimmasiga töğri keladi.

Berlin xarajatlarni birgalikda taqsimlaş va Kiyevni uzoq muddat qöllab-quvvatlaş mexanizmini yaratış tarafdori. Germaniya YI byudjetining yirik donori bölib qolmoqda. Merts köp yillik moliyaviy dasturga veto qöyiş ehtimolini yangi majburiyatlardan qarşi turgan davlatlarga bosim vositasi sifatida ilgari surdi.

Ukrainaga qöşimça mablağ ajratişga yana Vengriya, Bolgariya va Çexiya qarşi çiqdi. Çexiya boş vaziri Andrey Babiş Kiyevga yordam masalasini ham YIning uzoq muddatli byudjeti böyiça muzokaralarga boğlaşni nomaqbul deb atadi. Şuningdek, u Yevropa Ittifoqi mojaroni hal etiş muzokaralarida qatnaşişi uçun maxsus vakil tayinlaşni taklif qildi. Bu vazifani faqat Qöşma Ştatlarga qoldirmaslik kerak.

Kelişmovçiliklar Ukraina uçun moliyaviy yordam YI byudjeti böyiça muzokaralarning eng asosiy masalalaridan biri bölib qolayotganini aniqroq körsatmoqda.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing