YI Rossiya ishtirokidagi Ukraina muzokaralarini ötkazishga tayyor
Dunyo
Yevropa Ittifoqi Rossiya iştirokidagi Ukraina bo‘yicha köp tomonlama muzokaralarni öz hududida ötkazişga tayyorligini bildirdi, biroq bunday uçraşuvlar joyi va muddati hozirça muhokama qilinmagan. Ayni paytda Yevropa yetakçilari kelgusi tinçlik muloqotlarida Yevropa nomidan qatnaşadigan E5+YI formatidagi jamoa tarkibini kelishib oldi.
Yevropa Komissiyasi rasmiy vakili Paula Pinyo 16 noyabr kuni muzokaralar uçun maydon taqdim etişga tayyorlikni ma’lum qildi. Rossiya delegatsiyasi qatnaşişi mumkinligi haqidagi savolga javob berar ekan, u YI öz hududida muzokaralar ötkazişga açık ekanini va köp tomonlama muloqot formatiga ötişga tayyorligini ta’kidladi. Biroq aniq manzillarni muhokama qiliş hali başlanmagan.
Pinyo sözlariga köra, muzokaralarning mazmuniy kun tartibi böyiça işlar ikki yönalişda davom etmoqda. Birinçisi — Ukraina uçun işonçli va yuridik jihatdan majburiy xavfsizlik kafolatlari. Ikkinçisi — mamlakatning uruşdan keyingi farovonligini ta’minlaşga qaratilgan çora-tadbirlar paketi. Yevropa Komissiyasi navbatdagi muzokara raundlari sanalarini hozirça e’lon qilmagan.
Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen esa Yevropa tinçlik jarayonida E5+YI formati orqali faol qatnaşişini bildirdi. U bu haqda Finlyandiya prezidenti Aleksandr Stubb bilan suhbatidan söng X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi. Fon der Lyayen Yevropa bir vaqtning özida Ukrainaga maksimal darajada yordam berişi va Rossiyaga bosimni kuçaytirişini ta’kidladi. U uruşni yakunlaş yölidagi sa’y-harakatlari uçun Finlyandiyaga minnatdorçilik ham bildirdi.
E5 tarkibiga Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Italiya va Polşa kiradi. Yevropa muzokara jamoasi uşbu beş mamlakat, Yevropa Komissiyasi hamda Yevropa Kengaşi vakillaridan iborat böladi. YI yetakçilari bunday tarkibni 13 noyabr kuni Dublinda ötkazilgan norasmiy uçraşuvda kelişib olgan.
Stubb bilan suhbatda fon der Lyayen Yevropa Ittifoqining kengayişi masalasini ham muhokama qildi. Tomonlar yanada katta va kuçli YI Yevropaning farovonligi hamda mustaqilligini mustahkamlaşiga kelişib oldi. Antoniu Kosta jamoa birgalikda iş yuritişini ta’kidladi.

Powered by Froala Editor