Özbekiston va Ummon investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirmoqda: Maskatda biznes-forum ötkazildi

Iqtisodiyot

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning davlat taşrifi doirasida Maskatda Özbekiston–Ummon biznes-forumi va mamlakatning iqtisodiy, investitsiyaviy hamda sanoat salohiyati taqdimoti ötkazildi. 16-noyabr kungi tadbirlarda ikki davlatning yirik kompaniyalari va ishbilarmon doiralaridan 150 nafardan ortiq vakil qatnaşdi.

Özbekiston va Ummon investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirmoqda: Maskatda biznes-forum ötkazildi
Unda Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Ummon savdo, sanoat va investitsiyalarni rag‘batlantirish vaziri Anvar bin Hilol al-Jabriy asosiy ma’ruzalar bilan chiqdi.

Ishtirokchilar o‘zaro savdoni kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish imkoniyatlarini ta’kidladilar.

Dastur investitsiyalar, qişloq xöjaligi va to‘qimaçilik sanoati, moliyalaştiriş va axborot texnologiyalari, quriliş hamda ishlab çiqarish masalalariga bag‘işlangan panel sessiyalarini qamrab oldi. Şuningdek, B2B va G2B formatlarida uçraşuvlar ötkazilib, kompaniyalar va davlat idoralari vakillari istiqbolli hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Forum oldidan Laziz Kudratov Ummonning yirik kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliya institutlari rahbarlari bilan qator uçraşuvlar ötkazdi. Tomonlar elektrotexnika, energetika, kimyo va kon sanoati, quriliş, qişloq xöjaligi hamda raqamli texnologiyalar sohalarida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish va qöşma loyihalarni amalga oshirish masalalarini ko‘rib çiqdilar.

Transport-logistika infratuzilmasini rivojlantirish, yangi ishlab çiqarish quvvatlarini yaratish, Ummon kapitalini quriliş va turizm loyihalariga jalb etish, moliyaviy aloqalarni kengaytirishga ham alohida e’tibor qaratildi. Logistika markazlari tarmog‘ini yaratish va eksport yetkazib berishlarini kengaytirish masalalari ham muhokama qilindi.

Biznes-forum yakunida energetika, sanoat, transport va logistika, moliya, qişloq xöjaligi hamda texnologiyalar sohalarini qamrab olgan hujjatlar paketi imzolandi. 

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing