Dekabrda MDHga aʼzo davlatlar Prezidentlarining norasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtadi

Siyosat

Prezidentlar Sank-Peturburgda uchrashadi.

Dekabrda MDHga aʼzo davlatlar Prezidentlarining norasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtadi
Joriy yilning 26-dekabr kuni Sankt-Peterburgda MDHga aʼzo davlatlar Prezidentlarining norasmiy uchrashuvi boʻlib oʻtadi. Bu haqda MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev ma'lum qildi.

“25-26-dekabr kunlari Sankt-Peterburgda ham ikkita muhim tadbir boʻlib oʻtadi. Bu 25-dekabrda Prezidentlar darajasidagi YeOII Oliy Kengashi, 26-dekabr kuni esa MDH davlatlari Prezidentlarining norasmiy uchrashuvidir”, dedi u.

Lebedev taʼkidlashicha, “Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin oʻtgan yillardagi anʼanaviy tarzda norasmiy muhitda muloqot qilish, dolzarb masalalarni muhokama qilish va fikr almashish maqsadida 26-dekabr kuni hamkasblarini Sankt-Peterburgga taklif qilgan".

Eslatib oʻtamiz, kecha Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan qoʻngʻiroqlashgan edi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing