Dekabrdan Hajga navbatda turganlarning yagona onlayn navbati ishga tushadi

O'zbekiston

Endilikda O‘zbekistonda hududlar kesimida Haj ziyoratiga borish uchun navbatda turgan fuqarolarning yagona onlayn navbati Ochiq ma’lumotlar portalida e’lon qilinadi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan farmonda keltirilgan.

Dekabrdan Hajga navbatda turganlarning yagona onlayn navbati ishga tushadi
Hujjatga ko‘ra, 2023-yil 1-dekabrdan boshlab Ochiq ma’lumotlar portali hamda vazirlik va idoralarning veb-saytlariga boshqa ochiq ma’lumotlar qatorida hududlar kesimida Haj tadbiriga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to‘g‘risidagi (ziyoratga boruvchi shaxsning arizasi navbatga qo‘yilgan sana va ro‘yxatdagi tartib raqami) ma’lumotlar ham e’lon qilinadi.

Shuningdek, bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati (ro‘yxati) to‘g‘risidagi (ariza navbatga qo‘yilgan sana, ro‘yxatdagi tartib raqami, yosh guruhi hamda tashkilot raqami) ma’lumotlar ochiq ma’lumotlar qatoriga qo‘shiladi.

Bundan tashqari, farmon bilan davlat organlari va tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi xarid komissiyasining ichki idoraviy tartibi (nizom, reglament, yo‘riqnoma yoki boshqa ichki idoraviy hujjat) yuqoridagilar kabi ro‘yxatga kiritiladi.

Endilikda markaziy, hududiy va tizim tashkilotlarida bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ham Ochiq ma’lumotlar portalidan topish mumkin bo‘ladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing