Dollar va yevro kursi rekord darajada oshdi
Iqtisodiyot
Markaziy bank eʼlon qilgan rasmiy kursga muvofiq, dollar 408,03 so‘mga, yevro esa 498,69 so‘mga koʻtarildi.
Oʻzbekiston Markaziy banki xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan ertaga, 11 avgust kuni amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dollar va yevro kursi keskin ko‘tarildi. Xususan, 1 dollar 408,03 so‘mga oshib, 12 075,03 so‘mni tashkil qilmoqda. Yevro kursi esa 498,69 so‘mga ko‘tarilib, 13 307,89 so‘m etib belgilangan.
Rubl ham biroz oshdi. 1 rubl ertaga 3,78 so‘mga oshib, 123,77 so‘mni tashkil qiladi.
Maʼlumot uchun, aksariyat tijorat banklarida 10-avgust kuni dollar sotuv kursi 12 ming so‘mdan oshib, 12135 so‘mgacha yetdi. O‘z navbatida, banklar 1 dollarni 12 015 so‘mdan sotib olmoqda.

Powered by Froala Editor