Donald Tramp Tehronning rad etishlariga qaramay AQSh va Eron muzokaralarini e’lon qildi

Dunyo

AQSh Prezidenti Donald Tramp seshanba kuni Qatar poytaxti Dohada Amerika Qo‘shma Shtatgari va Eron vakillari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tishini rasman tasdiqladi. Amerika yetakchisi dushanba kuni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida tegishli bayonotni e’lon qilib, uchrashuv Eron tomonining tashabbusi bilan tashkil etilayotganini aniqlashtirdi. Shu bilan birga, Oq uy rahbari bo‘lajak aloqalarning aniq kun tartibini ochiqlashdan tiyildi.

Donald Tramp Tehronning rad etishlariga qaramay AQSh va Eron muzokaralarini e’lon qildi
Trampning ushbu e’loni Eron tashqi siyosat mahkamasining rasmiy pozitsiyasiga butunlay zid keldi. Avvalroq Eron TIV rahbari o‘rinbosari Kozim Garibobodiy Dohada ishchi guruhlarning rejalashtirilgan texnik maslahatlashuvlari haqidagi xabarlarni rad etgan edi. IRNA agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, diplomat Eron Qatar bilan muntazam ishchi muloqotni davom ettirayotganini, biroq Vashington bilan ikki tomonlama ekspertlik muzokaralari haqidagi mish-mishlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta’kidlagan. Shunga qaramay, g‘arb ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, Dohadagi uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad avvalroq imzolangan o‘zaro anglashuv memoranduming texnik bandlari bo‘yicha kelishmovchiliklarni bartaraf etish va uning asosiy qoidalarini yagona talqin qilishdan iborat.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing