Donald Trump Jo Baydendan qasos oldi

Dunyo

AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq prezident Jo Baydenning maxfiy ma'lumotlarga kirish huquqini bekor qilgani va uning kundalik razvedka ma’lumotlarini olishini to‘xtatgani haqida e’lon qildi. Bu qaror Baydenning 2021-yilda Trampga nisbatan qilgan harakati uchun qasos sifatida qabul qilindi.

Donald Trump Jo Baydendan qasos oldi
“Jo Baydenning maxfiy ma'lumotlarga kirishiga hojat yo‘q. Shu sababli, uning xavfsizlik ruxsatnomasini darhol bekor qilamiz va unga berilayotgan razvedka ma'lumotlarini to‘xtatamiz.”

U Baydenning bu boradagi harakatlarini o‘ziga nisbatan avval qo‘llangan tamoyilga asoslangan deb baholadi.

Bayden nega Trampning maxfiy ma'lumotlarga kirishini cheklagan edi?
Sobiq prezidentlar odatda prezidentlikdan keyin ham razvedka ma’lumotlaridan xabardor bo‘lish huquqiga ega bo‘ladilar. Ammo Bayden Trampning 2020-yilgi saylov natijalarini bekor qilishga urinishlari va 6-yanvar voqealaridagi roli sababli, unga bunday ruxsatni bermagan edi. 2021-yilda Bayden CBS News telekanaliga bergan intervyusida shunday degan edi:
“Uning bu ma’lumotlarga ehtiyoji yo‘q. Tramp bu razvedka hisobotlari bilan nima qila oladi? Faqat og‘zidan chiqarib yuborishi mumkin, xolos.”

2020-yilda Bayden o‘g‘li bilan bog‘liq ishni “Rossiya dezinformatsiyasi” deb atagan 50 dan ortiq sobiq razvedka xodimlarining xavfsizlik ruxsatnomalarini bekor qildi.  Unga tanqid bildirgan sobiq rasmiylarning xavfsizlik xizmatlarini olib tashladi, jumladan, sobiq davlat kotibi Mayk Pompeo va COVID-19 bo‘yicha mutaxassis Entoni Fauchi.  AQSh Milliy arxiv boshlig‘i Kollen Shoganni ishdan bo‘shatdi.

Trampning Florida shtatidagi uyida 2022-yilda maxfiy hujjatlar topilgach, unga qarshi jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ammo sud keyinchalik ishni bekor qildi, chunki ayblovchi maxsus prokuror noqonuniy tayinlangan deb topildi. AQSh Adliya vazirligi Tramp noyabr oyida qayta saylanganidan so‘ng, bu qarorga shikoyat bermaslikka qaror qildi.

Tramp o‘zining Baydenga nisbatan qarorini tushuntirar ekan, shunday dedi:
“Hur hisobotiga ko‘ra, Baydenning xotirasi juda sust, u hatto o‘zining asosiy hayotiy bosqichlarini ham eslay olmaydi. Bunday odamga maxfiy ma'lumotlar ishonib topshirilmasligi kerak.”

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing