DP World Toshkentda $288 mlnlik logistika xabini qurishni oktabr oyida boshlaydi
Iqtisodiyot
Toshkentda qiymati $288 milliondan ortiq bo‘lgan DP World multimodal logistika terminali qurilishini oktabr oyida boshlash rejalashtirilmoqda. Kompaniya rahbariyati O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni obyektga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etishga taklif qilgan.
Bu haqda Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov davlat rahbari ishtirokidagi yangi obyektlarni ishga tushirish marosimida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt 2026 yil yakuniga qadar $9 milliard investitsiya jalb etish va eksport hajmini $4 milliardga yetkazishni maqsad qilgan. Sakkiz oy davomida shaharga $5,6 milliard investitsiya jalb qilingan, 2024 yilda esa bu ko‘rsatkich $2,7 milliardni tashkil etgan.
«Biz bunga anchadan beri tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Bu loyiha biz uchun juda muhim, u zarur», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Loyiha DP World va Toshkent hokimligiga qarashli Tashkent Invest kompaniyasi hamkorligida amalga oshiriladi. Qo‘shma korxonadagi DP World ulushi 85 foiz, Tashkent Invest ulushi esa 15 foizni tashkil etadi. Terminal Toshkent shahridagi «Yangi Avlod» maxsus sanoat zonasining qariyb 82 gektarlik hududida joylashadi. Loyihaning umumiy investitsiya qiymati $288 milliondan ortiq.
DP World ma’lumotlariga ko‘ra, majmua temiryo‘lga ulangan quruq port, bojxona zonalari, transport vositalarini saqlash maydonlari, omborlar va kross-doking infratuzilmasini o‘z ichiga oladi. Birinchi bosqichda yiliga 150 ming TEU quvvatga ega temiryo‘l terminali hamda 63 ming kvadrat metr maydonga ega ombor majmuasini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Logistika xabi O‘zbekistonning milliy temiryo‘l tarmog‘i, asosiy avtomobil yo‘llari va Toshkent xalqaro aeroportiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishga ega bo‘ladi. DP World ushbu obyektni Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Yevropa o‘rtasidagi yuk tashish tizimini bog‘lovchi markaz sifatida ko‘rmoqda.
Toshkentda boshqa investitsiya loyihalari ham amalga oshirilmoqda. Hokimning ma’lumotiga ko‘ra, 14 ta loyiha to‘liq quvvatga chiqqach, taxminan uch yil ichida yiliga $3 milliardlik mahsulot ishlab chiqarishi va $1,5 milliardlik eksportni ta’minlashi kutilmoqda. «Yangi Avlod» zonasida 2026 yil oxirigacha yana $500 millionlik 22 ta loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan.

Powered by Froala Editor