«Drujba» savdo vositasiga aylandi: Ukraina €90 mlrd uchun tekshiruvga rozi bo‘ldi
Dunyo
Ukraina Yevropa Ittifoqi ko‘magida «Drujba» neft quvurini tashqi tekshiruvdan o‘tkazishga rozi bo‘ldi. Bu qaror Vengriya tomonidan bloklangan 90 milliard yevrolik kreditni ochishga qaratilgan.
Bryussel ma’lum qilishicha, Kiyev YI tomonidan taklif etilgan texnik yordam va moliyalashtirishni qabul qilgan. Yevropalik mutaxassislar yaqin orada ish boshlashga tayyor.
Bu qadam YI sammiti oldidan siyosiy keskinlikni yumshatishga qaratilgan bo‘lib, unda Vengriyaning vetosi asosiy masala bo‘ladi.
Vengriya bosh vaziri Viktor Orban quvur ishlashga yaroqli ekanini ta’kidlab, uning to‘xtatilishini siyosiy sabablar bilan izohlamoqda.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy avval quvurni tiklash g‘oyasini rad etgan edi, biroq keyinchalik infratuzilma jiddiy zarar ko‘rganini tan oldi.
Unga ko‘ra, Brodi shahridagi nasos stansiyasi zararlangani sababli neftni xavfsiz tashish imkonsiz bo‘lib qolgan, ta’mirlash esa taxminan bir yarim oy vaqt oladi.
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen va Yevropa kengashi raisi Antoniu Koshta quvurni tiklash energetika bozori beqarorligi fonida muhimligini ta’kidladi.
Shu bilan birga, YI 2027 yilgacha Rossiya energiya resurslaridan to‘liq voz kechish strategiyasini o‘zgartirmasligini bildirdi.
Vengriya vetoni bekor qiladimi yoki yo‘q — bu hali noma’lum.

Powered by Froala Editor