Dunyo neyrotarmoqlar davriga kirdi
Texnologiya
Sun’iy intellekt kelajak texnologiyasi bo‘lishdan chiqib, kundalik hayotning ajralmas qismiga aylandi. Microsoft ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda dunyo bo‘yicha mehnatga layoqatli aholining uchdan biri sun’iy intellektdan har kuni foydalanmoqda.
Microsoft’ning 2025 yilgi yillik hisobotiga ko‘ra, dunyo bo‘yicha mehnatga layoqatli kattalar aholisining 30 foizdan ortig‘i sun’iy intellekt vositalaridan muntazam foydalanadi. Bugungi kunda AI texnologiyalaridan 1,2 milliarddan ortiq inson biznes jarayonlarini avtomatlashtirish, ma’lumotlarni tahlil qilish, kontent yaratish, ta’lim, tibbiyot va davlat boshqaruvida foydalanmoqda.
Shu bilan birga, mutaxassislar global raqamli tafovut saqlanib qolayotganini ta’kidlashmoqda: qariyb 4 milliard kishi infratuzilma va raqamli ko‘nikmalar yetishmasligi sababli sun’iy intellektdan foydalana olmayapti.
Eng yuqori foydalanish darajasi raqamli infratuzilmasi rivojlangan va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlaydigan davlatlarda kuzatilmoqda. Yetakchi davlatlar qatorida BAA va Singapur, shuningdek Norvegiya, Irlandiya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Niderlandiya bor.
Markaziy Osiyo: o‘sish bosqichida
Markaziy Osiyo davlatlari hali global yetakchilar safida emas, biroq mintaqa barqaror o‘sish sur’atlarini namoyish etmoqda. Baholashlarga ko‘ra, mintaqada AI’dan muntazam foydalanish darajasi 10–25% atrofida.
Qozog‘iston biznes, fintex va davlat boshqaruvida yetakchi.
O‘zbekiston ta’lim, tibbiyot, bank sohasi va raqamli davlat xizmatlarida AI’ni faol joriy etmoqda.
Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston esa keng joriy etishning dastlabki bosqichida.

Powered by Froala Editor