Dunyoning eng yirik sug'urta tashkiloti O'zbekiston sug'urta bozorini rivojlantirmoqchi

O'zbekiston

Dunyo reytingidagi yirik sug’urta kompaniyalaridan biri bo’lgan "Lloyd's of London" sug'urta tashkiloti O'zbekiston sug'urta bozorini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga ko'maklashishga kirishdi.

Dunyoning eng yirik sug'urta tashkiloti O'zbekiston sug'urta bozorini rivojlantirmoqchi
O'zbekiston elchisi Ravshan Usmanov "Lloyd's of London" sug'urta tashkiloti raisi Bryus Karnegi-Braun bilan uchrashuv o'tkazdi. Uchrashuvda O'zbekiston sug'urta bozorini rivojlantirish va modernizatsiya qilish yo'nalishida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Bryus Karnegi-Braun O'zbekistonda olib borilayotgan keng ko'lamli iqtisodiy islohotlar, shu jumladan, sug'urta bozorini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, uni xalqaro standartlarga moslashtirish, xorijiy investorlar va sheriklar ishonchini oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yo'nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yuqori baholadi.

Muzokaralar yakunida "Lloyd's of London" bilan O'zbekiston sug'urta bozori yana-da rivojlantirish va uni global sug'urta bozorida integratsiyasi qilish, mamlakatimiz mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslarini tashkil etish bo'yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.

"Lloyd's of London" sug'urta tashkiloti 1688-yilda tashkil etilgan. U dunyodagi eng mashhur va yirik tijorat sug'urtasi va qayta sug'urtalash bozori hisoblanadi. Tashkilotda har kuni 50 dan ortiq yetakchi sug'urta kompaniyalari, 380 dan ortiq rasman ro'yxatga olingan brokerlar va 4 mingdan ziyod mahalliy agentlar faoliyat yuritadi hamda turli sug'urta shartnomalari tuziladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing