Dunyoning va Markaziy Osiyoning eng yaxshi aeroportlari

Dunyo

Skytrax 2025-yilda dunyo va Markaziy Osiyodagi eng yaxshi aeroportlarni e’lon qildi. Toshkent - mintaqaning birinchi uchligida.

Dunyoning va Markaziy Osiyoning eng yaxshi aeroportlari
Britaniyaning Skytrax konsalting kompaniyasi dunyodagi eng yaxshi aeroportlarning yillik reytingini e’lon qildi. 2025-yilda birinchi o‘rin yana Singapurning Changi aeroportiga nasib etdi - u o‘n uchinchi marta yetakchilikni saqlab qolmoqda. Mutaxassislar uning innovatsion infratuzilmasi va qulay erta ro‘yxatdan o‘tish tizimini qayd etdilar.

Hammad xalqaro aeroporti (Qatar) ikkinchi o‘rinni egalladi, u dunyodagi eng yaxshi shoping aeroporti va Yaqin Sharqdagi eng yaxshi aeroport sifatida alohida mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Kuchli uchlikni dunyoning eng toza havo bandargohi deb tan olingan Tokioning Xaneda aeroporti yakunlaydi.

Markaziy Osiyoda Olmaota aeroporti eng yaxshi deb topildi. Ikkinchi o‘rinni poytaxt Ostona aeroporti, uchinchi o‘rinni esa Toshkent xalqaro aeroporti egalladi. Samarqand viloyat reytingida sakkizinchi o‘rinni egalladi.

Skytrax reytingi millionlab yo‘lovchilarning izohlari asosida tuziladi va qulaylik, tozalik, shopping, oziq-ovqat va xizmat ko‘rsatishni baholaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing