Tatariston Rais Rustam Minnixonov Shavkat Mirziyoyevni “Duslik” ordeni bilan taqdirladi

Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston va Tatariston oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun taqdirlandi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.

Tatariston Rais Rustam Minnixonov Shavkat Mirziyoyevni “Duslik” ordeni bilan taqdirladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozon shahrida Tatariston Raisi Rustam Minnixonov bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekiston va Tatariston hududlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqdilar. 

Shuningdek, so‘nggi yillarda yetakchi korxonalar o‘rtasidagi sanoat kooperatsiyasi va faol gumanitar almashinuvning amaliy natijalarini muhokama qildilar. Uchrashuv yakunida  faol aloqalar va oʻzaro tashriflarni davom ettirish, Oʻzbekiston hududida qoʻshma iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatini kengaytirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Shundan soʻng Oʻzbekiston va Tatariston oʻrtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlashga qoʻshgan ulkan hissasi uchun davlatimiz rahbari “Duslik” ordeni bilan taqdirlandi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Tatariston rahbari Rustam Minnixonovga mukofot uchun minnatdorlik bildirib, so‘nggi yillarda erishilgan samarali hamkorlikning yuksak natijalarini qayd etdi va  Tatariston xalqiga o‘zining ezgu tilaklarini bildirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing