E5 davlatlari dron ishlab chiqarishni birgalikda yo‘lga qo‘yadi
Dunyo
Krakov shahrida o‘tgan uchrashuvda Polsha, Fransiya, Germaniya, Italiya va Buyuk Britaniya mudofaa vazirlari harbiy sohada hamkorlikni kengaytirish, jumladan dronlarni birgalikda ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzoladi.
Tomonlar Ukrainani qo‘llab-quvvatlash, mudofaa sanoatini rivojlantirish va armiyalarning jangovar tayyorgarligini oshirish masalalarini muhokama qildi. Uchrashuvda Kaja Kallas hamda NATO bosh kotibi o‘rinbosari Radmila Shekerinska ishtirok etdi.
Polsha mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish dronlar va sun’iy intellekt texnologiyalari zamonaviy urush xarakterini o‘zgartirganini ta’kidladi.
Polsha mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamish dronlar va sun’iy intellekt texnologiyalari zamonaviy urush xarakterini o‘zgartirganini ta’kidladi.
Powered by Froala Editor