“Tatneft” Buxorodagi neft zavodini modernizatsiya qilishda ishtirok etishi mumkin

O‘zbekiston Energetika vazirligi Rossiyaning “Tatneft” kompaniyasi bilan uning Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilishdagi ehtimoliy ishtiroki bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda vazirlik bosh boshqarmasi direktori Athamjon Ubaydullayev Toshkentdagi “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida maʼlum qildi.

“Tatneft” Buxorodagi neft zavodini modernizatsiya qilishda ishtirok etishi mumkin
“Tatneft” respublikadagi ikkita yirik zavoddan biri bo‘lgan Buxoro neftni qayta ishlash zavodini modernizatsiya qilishda ishtirok etish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Ayni paytda aniq takliflar tayyorlanyapti”, dedi u.

Ubaydullayevning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda uchta yoqilg‘i quyish shoxobchasiga ega bo‘lgan “Tatneft” bilan mamlakatdagi faoliyatini kengaytirish bo‘yicha ham muzokaralar olib borilmoqda.

“Biz rossiyalik hamkorlarimiz bilan doimiy ishlab kelmoqdamiz. Masalan, “Gazprom neft” bilan 2023-yilda mamlakatga 300 ming tonna neft yetkazib berish bo‘yicha kelishuvga erishildi”, dedi vazirlik rasmiysi.

Shuningdek, u O‘zbekistondagi neft va gaz kompaniyalarining 30 foizdan ortig‘i Rossiya kapitali ishtirokida tashkil etilgani qoʻshimcha qildi.
Maʼlumot uchun, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 1997-yil avgust oyida ishga tushirilgan. Uni loyihalash va qurish uchun “Technip” Yevropa kompaniyalari konsorsiumi mas’ul edi. Korxonada aviatsiya va avtomobil yoqilgʻisi, oltingugurt, mazut va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing