Ekologiya sohasidagi umumxalq loyihalarini amalga oshirish choralari ko‘rib chiqildi
O'zbekiston
23-mart kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev 2026–2030-yillarga mo‘ljallangan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ustuvor umumxalq loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
Unda atmosfera havosi sifatini yaxshilash, shahar va hududlarda yashil maydonlarni kengaytirish, aholining ekologik madaniyatini oshirish hamda cho‘llanishga qarshi kurashning ilmiy va amaliy asoslarini mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslar ko‘rib chiqildi.
Asosiy yo‘nalishlardan biri «Toza havo» loyihasi bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, bugungi kunda Toshkent, Navoiy, Farg‘ona, Chirchiq va Termiz shaharlarida havoning ifloslanish me’yorlari oshib ketayotgan holatlar kuzatilmoqda. Bunga sanoatning o‘sishi, uglerod yoqilg‘isidan keng foydalanish, transport vositalari sonining ortishi hamda nazoratning yetarli emasligi sabab bo‘lmoqda.
2030-yilgacha atmosfera chiqindilarini kamaytirish, sanoat korxonalarida ularni ushlab qolish darajasini oshirish, transportdan chiqadigan zararli moddalarni qisqartirish va PM2,5 me’yoridan oshadigan kunlar sonini kamaytirish maqsad qilingan. Toshkentda havo sifati yaxshilanayotgani qayd etildi — joriy yilning yanvar–fevral oylarida PM2,5 darajasi o‘tgan yilga nisbatan kamaygan.
Hududlar kesimida monitoring tizimi joriy etilib, yagona nazorat tizimi va ifloslanish manbalarining inventarizatsiyasi amalga oshiriladi. Sanoatda muqobil energiyadan foydalanish uchun soliq imtiyozlari beriladi, filtrlar va avtomatik monitoring tizimlari o‘rnatiladi. Talablarni bajarmaganlarga nisbatan to‘lovlar oshiriladi.
Qurilish sohasida ham ekologik talablar kuchaytiriladi: ko‘kalamzorlashtirish ulushi oshiriladi, materiallar yopiq holda saqlanadi, chiqindilar nazorat qilinadi, kuzatuv kameralar o‘rnatiladi va ekologik ekspertiza xulosalari majburiy hisobga olinadi. «Shamol yo‘laklari»ni saqlash va ekologik master-reja ishlab chiqish ham rejalashtirilgan.
Tabiiy changni kamaytirish uchun Toshkent atrofida yashil belbog‘, Sirdaryo va Surxondaryoda himoya daraxtzorlari, sun’iy suv havzalari barpo etiladi, favvoralar soni oshiriladi va organik chiqindilar qayta ishlanadi.
Transport sohasida yoqilg‘i standartlari kuchaytiriladi, avtomobillar ekologik toifalarga ajratiladi, eski transport vositalari yangilanadi va jamoat transporti rivojlantiriladi.
Issiqxona xo‘jaliklariga alohida e’tibor qaratildi. Toshkent hududida ko‘plab issiqxonalar ko‘mir va mazutdan foydalanib, havoga zararli moddalar chiqaradi. Shu bilan birga, iqlim sharoiti tufayli mahsulot tannarxi yuqori. Shu sababli issiqxonalarni bosqichma-bosqich boshqa hududlarga ko‘chirish taklif etildi. Sherobod tumanida 940 gektarlik agropark tashkil etilishi rejalashtirilgan. 2026-yil 1-oktabrdan Toshkentda yangi issiqxonalar qurilishi cheklanadi.
«Yashil makon» dasturi doirasida 12 ta botanika bog‘i va 16 ta dendrologik park barpo etiladi. 2030-yilgacha ko‘kalamzorlashtirish darajasi 30 foizga yetkazilib, chang miqdori 20–25 foizga kamaytiriladi.
Toshkentda 108 gektarlik Milliy dendrologik park tashkil etiladi. Unda 50 ming daraxt va 100 ming buta ekiladi. Park ilmiy, ta’limiy va turistik markazga aylanishi kutilmoqda.
«Ekokultura» loyihasi doirasida ekologik ta’lim tizimi rivojlantiriladi. 2026-yildan 14 hududda «yashil texnikumlar» ochiladi. 2028-yilga borib talabalarning soni 10 mingga yetadi.
Cho‘llanish muammosi ham muhim yo‘nalish sifatida ko‘rib chiqildi. Mamlakat hududining 70 foizi qurg‘oqchil bo‘lib, yerlarning degradatsiyasi iqtisodiyotga yiliga 830 million dollar zarar yetkazmoqda.
Shu munosabat bilan Green University huzurida ilmiy markaz tashkil etilib, 15 ta laboratoriya faoliyat yuritadi. Bu tizim cho‘llanishni prognozlash va barqaror yer boshqaruvini ta’minlashga xizmat qiladi.
Prezident taqdim etilgan tashabbuslarning ahamiyatini ta’kidlab, ularni qo‘llab-quvvatladi.

Powered by Froala Editor