Elektr energiyasining 43 foizi qayta tiklanuvchi manbalardan — yangi rekord
O'zbekiston
O‘zbekiston energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya ulushi bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. O‘zbekiston Energetika vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 13 mart kuni mamlakatda elektr energiyasi iste’molining 43 foizi “yashil” manbalar hisobidan qoplandi.
Soat 11:00 holatiga ko‘ra, umumiy elektr energiyasi iste’moli 9,9 ming megavattni tashkil etdi. Shundan 4,3 ming megavatt qayta tiklanuvchi energiya manbalari hissasiga to‘g‘ri keldi.
Eng katta ulushni quyosh elektr stansiyalari ta’minlab, tarmoqqa 3,1 ming MVt energiya uzatdi.
Shamol elektr stansiyalari 660 MVt, gidroelektr stansiyalar esa 540 MVt energiya ishlab chiqardi.
Mazkur ko‘rsatkich mamlakat energetika tizimida qayta tiklanuvchi energiya loyihalarining jadal rivojlanayotganini ko‘rsatadi.

Powered by Froala Editor