Emomali Rahmon: Har bir oilada ikki yillik oziq-ovqat zaxirasi bo‘lishi kerak

Dunyo

Prezident Emomali Rahmon 8-mart kuni Tojikiston xalqini tejamkor bo’lishga va har qanday dabdabali isrofgarchilikning oldini olishga chaqirdi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.

Emomali Rahmon: Har bir oilada ikki yillik oziq-ovqat zaxirasi bo‘lishi kerak
Emomali Rahmon so‘nggi yillarda insoniyat og‘ir va hatto fojiali muammolarga — urushlar va qon to‘kilishiga, suv taqchilligi va qurg‘oqchilikka, qashshoqlik va ochlikka duch kelganini eslatdi.

Emomali Rahmon Tojikiston xalqini birinchi marta ikki yilga yetadigan oziq-ovqat zaxirasini yig‘ishga chaqirmayapti. U yil boshida iqlim o‘zgarishi va dunyodagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatning yomonlashuvi munosabati bilan bunga chaqirgan edi.

“Mamlakatdagi har bir oila ikki yilga yetadigan asosiy oziq-ovqat zaxirasiga ega bo'lishi kerak”, — dedi u.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing