AQSH Adliya vazirligi “Google”dan “Chrome”ni sotishni talab qilmoqchi
Dunyo
Chrome dunyodagi eng mashhur brauzer bo‘lib, AQSH bozorining 61 foizi uning hisobiga to‘g‘ri keladi. Amerika antimonopol organi qattiqroq jazo choralarini qo‘llashdan voz kechgan, ular “Google”dan Android mobil operatsion tizimini sotishni talab qilishlari mumkin edi.
AQSH Adliya vazirligi suddan Google kompaniyasi (Alphabet’ga tegishli) zimmasiga onlayn qidiruv bozorida noqonuniy monopoliyani o‘rnatganiga jazo sifatida Chrome brauzerini sotish majburiyatini yuklashni talab qilmoqchi. Bu haqida Bloomberg agentligi o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Prokuratura vakillari 20-noyabr kuni o‘z taklifini AQSHning Kolumbiya okrugi sudyasi Amit Mehta’ga taqdim etishni rejalashtirmoqda. Antimonopoliya organlari Google “Chrome”ni sotishini xohlamoqda. Bloomberg Chrome’ni dunyodagi eng mashhur brauzer deb atab, AQSH bozorining 61 foizi uning hisobiga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, AQSH hukumati qattiqroq jazo choralarini qo‘llashdan voz kechgan, ular Google'dan Android mobil operatsion tizimini sotishni talab qilishlari mumkin edi.

Powered by Froala Editor