Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga a’zolik arizasini ma’qulladi

Siyosat

Stokgolm aʼzolik jarayoni bir necha hafta ichida yakunlanishini kutmoqda.

Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga a’zolik arizasini ma’qulladi

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish haqidagi arizasini ma’qulladi va tegishli protokolni Turkiya parlamentiga ko‘rib chiqish uchun yubordi. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar berdi.

“2023-yil 23-oktabrda Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi protokol Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an tomonidan imzolanib, Turkiya Buyuk Millat Majlisiga taqdim etildi”, deyiladi Turkiya Prezident ma’muriyatining xabarida.

Stokgolm aʼzolik jarayoni bir necha hafta ichida yakunlanishini kutmoqda. Rasmiy Vashington esa bu imkon qadar tezroq amalga oshishiga umid bildirgan.

Iyul oyida Vilnyusda boʻlib oʻtgan NATO sammitida Turkiya Oq uy Anqaraga 40 ta yangi F-16 qiruvchi samolyoti va modernizatsiya toʻplamlarini sotib olishga ruxsat berishini bildirganidan soʻng jarayonni blokdan chiqarishga rozi boʻldi. Shvetsiya esa terrorizmda gumon qilingan kurdlarni Turkiyaga topshira boshladi va Anqaraga Yevropa Ittifoqi bilan yaqinlashishda yordam berishga vaʼda berdi.


Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing