Eron AQShning iqtisodiy bosimini jahon moliyaviy tizimiga tahdid deb atadi

Dunyo

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi AQSh tomonidan Tehronga nisbatan e’lon qilingan iqtisodiy bosim kampaniyasini Vashingtonning ichki muammolaridan «chalg‘ituvchi manyovr» deb atadi va uning jahon moliyaviy tizimi uchun xavf tug‘dirishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu bayonot AQSh Prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi keng ko‘lamli iqtisodiy kampaniya boshlanganini e’lon qilganidan so‘ng yangradi.

Eron AQShning iqtisodiy bosimini jahon moliyaviy tizimiga tahdid deb atadi
Tramp Truth Social tarmog‘idagi bayonotida AQSh «har qanday davlatga qarshi amalga oshirilgan eng vayronkor iqtisodiy operatsiya»ni boshlayotganini aytib, uni «misli ko‘rilmagan miqyosdagi iqtisodiy urush va izolyatsiya» deb ta’rifladi. U, shuningdek, moliyaviy institutlari, kompaniyalari, aeroportlari yoki davlat tuzilmalari Eronga yordam ko‘rsatadigan mamlakatlar jiddiy iqtisodiy oqibatlarga duch kelishini bildirdi.

Tramp ushbu kampaniyani 1944-yil 6-iyunda ittifoqchilarning Normandiyaga tushirilishi bilan taqqoslab, uni iqtisodiy «D-kuni» deb atadi. U neft kontrabandasi, pul o‘tkazmalari, ayirboshlash operatsiyalari va soxta kompaniyalar orqali amalga oshiriladigan faoliyatni to‘xtatishga chaqirdi.

Araqchi esa AQShning iqtisodiy «D-kuni» mamlakat ichidagi «misli ko‘rilmagan qarz va foiz stavkalarining keskin o‘sishi»dan e’tiborni chalg‘itishga qaratilganini ta’kidladi. «AQShning moliyaviy terrorizmi jahon iqtisodiyoti va butun dunyodagi suverenitetga tahdid solmoqda», — dedi Eron tashqi ishlar vaziri.

Araqchining fikricha, bosim siyosatini kuchaytirish AQShning yanada mag‘lubiyatiga va Eronda AQShga nisbatan dushmanlikning ortishiga olib keladi. Shu bilan birga, Tramp bayonotida yangi iqtisodiy choralar ro‘yxati batafsil keltirilmagan.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing