Eron va O’zbekiston jamoalari o’rtasidagi bahs durang bilan yakunlandi

Sport

2026-yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatining saralash bosqichi doirasida o'tkazilgan Eron va O'zbekiston terma jamoalari o'rtasidagi o'yin 0:0 hisobida yakunlandi, deb xabar bermoqda O'zbekiston MOQ matbuot xizmati.

Eron va O’zbekiston jamoalari o’rtasidagi bahs durang bilan yakunlandi
"Eron va O’zbekiston jamoalari o’rtasidagi bu bahs ham durang bilan yakunlandi. Shu tariqa, yigitlarimiz hech bir uchrashuvda mag’lub bo’lmay, 14 ochko bilan hal qiluvchi bosqichga yo’l olishdi. 3-davrada ham jamoamizdan mana shunday yorqin o’yin kutib qolamiz", — deyiladi xabarda.

Avvalroq O'zbekiston Milliy jamoasi 2026-yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatining saralash bosqichida Turkmaniston jamoasi ustidan g'alaba qozongani haqida xabar bergan edik.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing