Eronning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi

Siyosat

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eronning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Muhammad Ali Iskandariyning ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi. Bu haqda TIV rahbari o‘zining Telegram kanalida ma‘lum qildi.

Eronning O‘zbekistondagi yangi elchisi ish boshladi
Bildirilishicha, tomonlar O‘zbekiston-Eron o‘zaro manfaatli hamkorligini kengaytirish bo‘yicha ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari oldidagi ustuvor vazifalarni muhokama qilgan.

“Janob elchiga mamlakatimizdagi faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deb yozadi Baxtiyor Saidov.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing