Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibining turmush o‘rtog‘iga Samarqand diqqatga sazovor joylarini ko‘rsatdi

O'zbekiston

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibi Marko Rubioning turmush o‘rtog‘i Janett Rubio bilan birgalikda Samarqandning tarixiy obidalariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mehmon qadimiy shaharning boy madaniy merosi, an’analari va mahalliy hunarmandlarning mahorati bilan tanishdi.

Saida Mirziyoyeva AQSh Davlat kotibining turmush o‘rtog‘iga Samarqand diqqatga sazovor joylarini ko‘rsatdi
Saida Mirziyoyeva Samarqandni turli jihatlari bilan ko‘rsatish, mehmonni uning tarixi va zamonaviy madaniy hayoti bilan yaqindan tanishtirishni istaganini ta’kidladi. Avloddan avlodga o‘tib kelayotgan an’analar hamda o‘zbek hunarmandlarining san’atiga alohida e’tibor qaratildi.

Samarqand o‘zining tarixiy merosi va hunarmandchilik an’analari bilan tanilgan. Ular O‘zbekiston madaniy hayotining muhim qismi bo‘lib qolmoqda. Tarixiy maskanlar bilan tanishish mehmon uchun shaharning turli qirralari va o‘ziga xos muhitini kashf etish imkonini berdi.

Saida Mirziyoyevaning ta’kidlashicha, u ushbu kun Janett Rubio qalbida O‘zbekiston va xalqimizning mehmondo‘stligi haqida eng iliq xotiralarni qoldirishiga umid bildirdi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing