Özbekiston va Omon savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi
Iqtisodiyot
15 noyabr kuni Maskatda Özbekiston va Omon örtasidagi iqtisodiy va savdo hamkorligi böyiça hukumatlararo komissiyaning oltinçi majlisi bölib ötdi. Uçraşuv Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Omon Sultonligiga davlat tashrifi doirasida ötkazildi.
Majlisga Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov hamda Omon savdo, sanoat va investitsiyalarni rağbatlantiriş vaziri Anvar bin Hilol Al Jabriy hamraislik qildi. Tomonlar ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va qöşma loyihalarni rivojlantirish masalalarini körib çiqdi.
Muzokaralarning asosiy mavzularidan biri özaro savdo hajmini oshirish böldi. Ishtirokchilar Preferensial savdo töğrisidagi bitimni tayyorlash, texnik tosiqlarni bartaraf etish hamda bojxona tartib-taomillarini soddalaştiriş masalalarini muhokama qildi. Bu yönaĺishlar ikki mamlakat bozorlariga tovarlar kirishini yengillaştiriş va savdo almashinuvi uçun qulay şaroit yaratishga qaratilgan.
Alohida e'tibor Özbekiston–Omon investitsiya kompaniyasini rivojlantirishga qaratildi. Şuningdek, energetika, sanoat, geologiya, qurilish, qişloq xöjaligi va raqamli texnologiyalar sohalaridagi qöşma tashabbuslar körib çiqildi. Tomonlar ushbu yönaĺishlarda investitsiyaviy va ishlab çiqarish hamkorligini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildi.
Komissiya transport-logistika hamkorligiga ham alohida e'tibor berdi. Özbekiston mahsulotlarini yangi bozorlarga olib çiqishda Omon portlaridan foydalanish imkoniyatlari, logistika tizimini rivojlantirish va yuk aviataşuvlarini kengaytirish masalalari körib çiqildi. Muzokaralarda yetkazib berish yönaĺishlarini kengaytirish va özaro savdo uçun transport şaroitlarini yaxshilash masalasi ham örin oldi.
Oltinçi majlis yakunida tomonlar yiğiliş protokolini imzoladi. Iqtisodiy va savdo hamkorligi böyiça Özbekiston–Omon hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi Özbekistonda ötkaziladi.

Powered by Froala Editor