Eshkak eshish boʻyicha o‘zbekistonlik sportchilar Chxundjudagi Parij-2024 saralash turnirini muvaffaqiyatli boshladilar
Sport
Janubiy Koreyaning Chxundju shahrida akademik eshkak eshish boʻyicha Osiyo mintaqasi uchun Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi turnir boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasining barcha aʼzolari dastlabki saralashdan muvaffaqiyatli oʻtishdi.
Anna Prakaten va Shahboz Xolmurzayev yakkalik dasturida yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritishdi. Juftlik bahslarida Luiza Islamova / Malika Tagmatova, shuningdek, Shahzod Nurmatov / Sobir Safaraliyev tandemi toʻgʻridan toʻgʻri final yoʻllanmasiga ega chiqishdi.
Eslatib oʻtamiz, barcha dasturlardagi final bahslari 21-aprel kuniga belgilangan.

Powered by Froala Editor