Farg‘ona va Minsk viloyatlari hamkorlik to‘g‘risida uchta hujjat imzoladi

O'zbekiston

Farg‘ona viloyati va Belarusning Minsk viloyati delegatsiya tashrifi yakunida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan uchta hujjatni imzoladi. Joriy yilda hududlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 150 million dollarga yetib, 28 foizga oshdi.

Farg‘ona va Minsk viloyatlari hamkorlik to‘g‘risida uchta hujjat imzoladi
Minsk viloyati delegatsiyasiga viloyat ijroiya qo‘mitasi raisi Aleksey Kushnarenko boshchilik qildi. Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va yangi hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Delegatsiya “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasidagi keramogranit, meva mahsulotlarini qayta ishlash, tabiiy sharbat konsentratlari va avtomobil komponentlari ishlab chiqarish loyihalari bilan tanishdi. Hansae Mobility Turan korxonasiga 30 million dollar xorijiy investitsiya jalb qilinib, 150 ta ish o‘rni yaratilgan.

Farg‘ona tumanidagi Belarus investorlari bilan hamkorlikdagi korxonada rezavorlar, meva va sabzavotlar qayta ishlanib, muzlatiladi. Mahsulotlar Belarus, Rossiya, Turkiya va Qozog‘istonga eksport qilinadi. Eksport hajmi 3 million dollardan oshgan.

Tomonlar yengil sanoat, mashinasozlik va turizmda hamkorlikni kengaytiradi. Farg‘ona va Volojinskiy tumanlari uch oy ichida iqtisodiyot, madaniyat va ta’lim sohalarini qamrab oluvchi qo‘shma reja tayyorlaydi.

Powered by Froala Editor

Do'stlar bilan ulashing